Samarqand, Registon maydoni kechqurun

Ibrat Debate · viloyat va tumanlarda

For young people to learn to listen to think and to speak

Yoshlar uchun debatlar: bitta mavzu, ikki tomon, dalil bilan bahs. Roʻyxatdan oʻtish Telegram botda bir necha daqiqa oladi.

Pastga suring

Ibrat Debate nima?

Ibrat Debate — viloyat va tumanlarda oʻtadigan debatlar. Har bir debatning oʻz mavzusi (motion) bor: ishtirokchilar uning tarafdori va qarshisi sifatida dalil keltirib bahslashadi.

Bitta debat bir kunning oʻzida bir nechta shahar va tumanda ochilishi mumkin. Mavzu hamma joyda bir xil, joyi va vaqti esa har birida oʻzicha.

  • Viloyat va tumanlarda

    Eng yaqin debatni botda viloyatingiz va tumaningiz boʻyicha tanlaysiz.

  • Har safar yangi mavzu

    2024-yil martidan beri muhokama qilingan mavzular tarixi yuritiladi.

  • QR chipta

    Roʻyxatdan oʻtgach, bot sizga QR chipta beradi. Uni eshikda koʻrsatasiz.

Toʻrt feʼl

Debat yoshlarga shu toʻrt narsani birga oʻrgatadi.

  • Learn

    Oʻrganish

    Debatga tayyorlanish mavzuni oʻrganishdan boshlanadi: faktlar, misollar, raqamlar.

  • Listen

    Tinglash

    Raqibini diqqat bilan tinglagan odam uning dalilidagi boʻshliqni topadi.

  • Think

    Fikrlash

    Dalillarni tartibga solish, qarshi fikrni oldindan koʻrish va bir necha daqiqada strategiya tuzish.

  • Speak

    Soʻzlash

    Fikr ishonarli nutqqa aylanishi kerak: aniq, qisqa va dalil bilan.

Qanday qatnashiladi

Hammasi Telegram bot orqali boʻladi.

  1. 1

    Botni oching

    Telegramʼda @ibratdebate_bot ni oching va «Start» tugmasini bosing.

  2. 2

    Roʻyxatdan oʻting

    Bot ismingiz, telefon raqamingiz, ingliz tili darajangiz va yosh guruhingizni soʻraydi. Kanalga obuna boʻlishni ham soʻraydi.

  3. 3

    Debatni tanlang

    Viloyat va tumaningizni tanlang. Bot u yerdagi yaqin debatlarni koʻrsatadi.

  4. 4

    QR chipta oling

    Chipta, manzil xaritasi va debat mavzusi botga keladi. Debatga kelganda QR kodni koordinatorga koʻrsatasiz.

Raqamlarda

  • —roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchi
  • —oʻtkazilgan debat
  • —berilgan chipta
  • —shahar va tuman

Raqamlar tasdiqlanmoqda

Qaysi mavzularda bahslashdik

Mamlakat boʻylab oʻtgan debatlar mavzulari tarixidan.

  • This House believes that having fewer choices leads to a happier life.

    EN31-oktabr, 2026
  • This House would choose classical education over progressive education in secondary schools.

    EN27-sentabr, 2026
  • Students who study abroad should come back and work for their country.

    EN2-avgust, 2026
  • This House regrets the popularity of personalized finance influencers.

    EN17-may, 2026
  • Should parents decide their children’s career path?

    EN12-aprel, 2026
  • Sunʼiy intellekt odamlarni ishsiz qoldirishi mumkin.

    UZ6-aprel, 2024

Navbatdagi debatga yoziling

Botda yaqin debatlarni koʻrib, oʻzingizga qulayini tanlang.

Botga oʻtish